TerDU talabalari — finalda!

Date:

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda o‘tgan mintaqaviy bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

18–20-may kunlari Andijon viloyatida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida TerDU jamoasi mamlakatning eng kuchli 9 ta oliy ta’lim muassasasi qatorida ishtirok etadi.

Festival oldidan universitet rektori, professor A. Toshqulov talabalar bilan uchrashib, yosh ijodkorlarning tashabbus va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bugun yoshlarning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarni sahna orqali targ‘ib etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. TerDU yoshlari esa bu borada universitet sha’nini munosib himoya qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun