250 o‘rinli tikuvchilik korxonasi ish boshladi

Date:

Surxondaryoda aholi bandligini ta’minlash va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Ana shunday loyihalardan biri sifatida Termiz xalqaro savdo markazida yangi tikuvchilik korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan savdo markazining avval foydalanilmay kelgan yerto‘la qismida “Qumtex invest” MChJ tomonidan 250 ish o‘rniga ega zamonaviy tikuvchilik korxonasi tashkil etildi. Korxonada tikish-bichish yo‘nalishida tajribaga ega xotin-qizlar, jumladan nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun ham inklyuziv mehnat sharoitlari yaratildi.

Mazkur loyiha nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va oilalar daromadini ko‘paytirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun