“Hokim olimpiadasi”ga start berildi

Date:

Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi”ning 2-bosqichi — “Hokim Olimpiadasi” musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki bellashuvlar dzyudo va gandbol sport turlari bo‘yicha start oldi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan iqtidorli yosh sportchilar o‘zaro bahs olib bormoqda.

Mazkur musobaqalar yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kelajak chempionlarini kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. G‘oliblar esa respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun