Surxondaryo — sivilizatsiyasining qadimgi o‘chog‘i sifatida

Date:

Tarix o‘tmish va kelajakni bog‘lovchi va qadim qadriyatlar, madaniyat va sivilizatsiyani o‘zida mujassam eta olgan mustahkam ko‘prik misoli. Har bir hududning ana shu ko‘prikda egallab turgan o‘rni va darajasi bor. O‘z tarixi, maqtashga arzigulik qadamjolari va boy madaniy merosi bo‘lishi tabiiy.
Insoniyat tarixiga nazar solar ekanmiz, odamlar hayotning ilk bosqichlaridanoq oʻziga xos turmush tarzi va ba’zi bir moddiy madaniyatga ega boʻlganligiga ishonch hosil qilamiz. Dunyodagi eng qadimiy inson makoni sifatida koʻplab yodgorliklarga ega Surxon vohasi nafaqat mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlarda, balki chet el tadqiqotlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. Ana shu ma’noda vohamiz koʻplab chet ellik va mahalliy olimlarning diqqatini ohanrabodek oʻziga jalb etib kelmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq boʻldiki, vohamizning insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlarida tashkil topgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qadimda Kushonlar sulolasi hukmronligi davri koʻhna tariximizda katta iz qoldirgani bizga tarixdan ma’lum. Buni ushbu davlat tarkibiga kirgan har bir hudud yoxud elatlar hayoti misolida yaqqol koʻrsa boʻladi. Dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Shoʻrchi), unga tutash Xolchayon (Denov), Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom (Termiz atroflari) va boshqalar Kushonlarning eng rivoj topgan savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalari oʻsgan gavjum shaharlari hisoblangan. Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududligimizni hisobga oladigan bo‘lsak, o‘sha davrlardanoq sun’iy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik madaniyati nihoyatda taraqqiy etgan, koʻplab sugʻorish inshootlari barpo etilgan. Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, Soʻgʻddagi Dargʻom kanallari shular jumlasidandir.
Vatanimiz hududida shaharsozlik, me’morchilik, haykaltaroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Buni koʻhna Tuproqqal’a, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari oʻrnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ayni chogʻda, Kushonlar davrida moddiy va ma’naviy madaniyat yonma-yon tarzda rivojlanib borgan, deb xulosa chiqarishga toʻla asoslar bor.
Milloddan avvalgi 250-yilda vujudga kelgan Yunon-Baqtriya podsholigiga Oʻrta Osiyoning katta yerlari qatori Surxon vohasi ham qaragan. Bu podsholik davrida Surxondaryoda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, sinfiy tabaqalanish ham kuchaydi. Shaharlar ravnaq topdi. Hunarmandchilik va tashqi savdo yuksaldi. Yunon, Hind va Turon xalqlari madaniyati omuxtalashib, oʻziga xos yuksak madaniyat vujudga keldi. Shu davrga oid koʻhna binolarning xarobalari Termiz atroflaridan ham topilgan.
Bir soʻz bilan aytganda, bugungi kundagi barcha rivojlanish, yutuq va imkoniyatlarning tarixiy ildizlari, olis oʻtmishga borib taqaladi. Hech narsa oʻz-oʻzidan rivojlanib, sayqal topib qolmasligini biz vohamiz misolida ham bilib, anglab turibmiz.
Surxon zamini juda boy tarixiy va madaniy yodgorliklarni oʻzida mujassam eta olgani va bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari bilan dunyo hamjamiyati tomon odimlab borayotgan oʻlka ekanligini yodimizdan chiqarmasligimiz kerak.

Jo‘rabek Toʻrayev,
Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun