Qishloq xo‘jaligi vaziri Oltinsoyda

Date:

Investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Oltinsoy tumanida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotir. Unumdor tuprog‘i, munosib iqlim sharoiti va boshqa jihatlar, qolaversa, oltinsoyliklarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda boy tajribasi bunga asosiy sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas. Respublikamizdagi turli vazirliklar rahbarlari tumanga jiddiy e’tibor qaratishayotgani ham shundan.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, u yerdagi “Obshir” mahallasida yangidan tashkil etilayotgan voish usulidagi yuqori sifatli tokzorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Vazirga tuman hokimi Baxrom Maxmatraimov hamrohlik qildi. Suhbat davomida farg‘onalik soha vakillari, tadbirkorlar, oqsoqollar va mutaxassislar bugungi kunda tuman qishloq xo‘jaligi sohasida olib borayotgan ishlari xususida ma’lumot berishdi. Qolaversa, uzumchilikda yuzaga kelayotgan muammolar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
O‘z navbatida vazir ham ushbu muammolarni qisqa fursatlarda hal etishga va’da berdi. Shu bilan birga oltinsoylik bog‘bonlarning uzumchilikni yanada rivojlantirish borasidagi xayrli ishlariga omadlar tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun