Paxta yig‘imi oldidan…

Date:

Erta bahordan yerga urug‘ qadab ekilgan paxta bugun gullab, hosil bera boshladi. Paxta maydonlarida ochilgan lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar ko‘zni quvnatadi va har bir kishini terimga chorlagandek bo‘ladi. Demak, oldinda paxta terimi mavsumi turibdi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida bo‘lib, paxta dalalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng tumanda paxta hosilini yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.
Aytish kerakki, tumanda 7 684 gektar maydondagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish maqsadida 119 ta otryad tashkil etilgan, 142 ta texnika jalb qilish rejalashtirilgan. Seminarda otryadlar, jalb qilingan texnikalar mavsumga shay holatga keltirilgan.

Viloyat rahbari texnikalar shayligi bilan bir qatorda terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Viloyat rahbari hududlar va otryadlar rahbarlari hamda mas’ullar bilan suhbatlashib, yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha kerakli vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, paxa yig‘im terimi vaqtida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirga favqulodda vaziyatlar organlarining 83 nafar xodimi va 17 ta maxsus texnikalari jalb qilindi.
Yakunda mavsum oldidan ehson uchun jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun