Murojaatlar ijrosi — kunlik nazoratda

Date:

Fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan muammolarga aniq yechim topish va ijrosini ta’minlash davlat organlari oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bu jarayonda murojaatlarning natijadorligi va mas’ullarning shaxsiy javobgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov videokonferensaloqa orqali shahar va tumanlarda tashkil etilgan studiyalar bilan bog‘lanib, navbatdagi ommaviy qabulni o‘tkazdi.

Qabul avvalida oldingi ommaviy, shaxsiy va tadbirkorlar qabullarida bildirilgan murojaatlarning ijrosi tanqidiy tahlil qilindi. Hali yechimini topmagan masalalarni qayta ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha aniq choralar va ijro muddatlarini belgilash hamda natijaga erishilgunga qadar nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng hududiy studiyalar orqali fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi. Ommaviy qabulda 90 nafar fuqaroning 105 ta masala bo‘yicha murojaati, tadbirkorlar qabulida esa 77 nafar tadbirkorning 80 ta masalaga oid murojaati ko‘rib chiqildi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. Qo‘shimcha o‘rganish, moliyaviy mablag‘ va boshqa resurslarni jalb etishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Barcha murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va ijrosi nazoratga olinib, har bir masalaning hal etilish holati yuzasidan viloyat hokimiga kunlik axborot kiritib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun