MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA

Date:

Yurtimizda davlat xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi. Amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatida ham ana shunday ma’no mujassam ekani, har bir xalqimiz vakilini quvontiradi. Xalqni tinglash, ularning muammo va takliflarini tinglash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bir paytda, mansabdor shaxslar kursida emas, balki odamlar orasida yurib, ularni qiynayotgan masalalar bilan qiziqqan. O‘z navbatida yoshlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ularning kelajakda o‘z o‘rinlarini topishiga turtki bo‘layotir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-apreldagi videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tumani hokimi Sh.Rajabovga ham bir guruh yoshlar biriktirilgan. Hokim ana shu yoshlarni doimiy nazoratga olib, ularning muammolarini o‘rganib bormoqda.
Ana shunday o‘rganishlar davomida tuman hokimi yoshlarning xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Samimiy suhbat davomida yoshlarni kelgusidagi rejalari va ularni qiynab kelayotgan muammollarni bartaraf etish borasida fikr bildirdi. Bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lganlarning muammolari qisqa fursatlarda hal etiladigan bo‘lib, manzilli yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun