110 ta maktabga 1 760 ta kompyuter…

Date:

Bugun har birimizning uyimizda kompyuter, qo‘limizda esa eng so‘nggi rusumdagi telefon yoki planshet bor. Bu zamon talabi, insoniyatning esa ehtiyojiga aylanib ulgurdi. Demak, kompyuter savodxonligi maktabdanoq o‘rgatilishi, jahon internet tarmog‘idan foydalanish madaniyati singdirilishi shart va zarur.
Shunday ekan, har bir maktabda komyuter jamlanmalari bo‘lmog‘i lozim. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda hamda davlatimiz rahbarining joriy yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyatda maktablar holatini yaxshilash, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Xususan, xorijiy grandlarni jalb qilgan holda maktablarni zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlash topshirig‘i berilgan edi.
Surxondaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Xitoy davlati grandi asosida Surxondaryo viloyatidagi 110 ta maktabga 1 760 ta kompyuter jamlanmalarini topshirish marosimi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shahar va tumanlar bo‘limlariga sertifikatlarni topshirdi. Shuningdek, 36 ta maktabning laboratoriya xonalari uchun jihozlar va asbob-uskunlar jamlanmalari ham berildi.
Yil yakuniga qadar esa yana 99 ta maktabga kompyuter jamlanmalari yetkazib beriladi va mavjud 948 ta maktabning AKT xonalarining barchasi zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanishiga erishiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun