Yangi klaster faoliyatini boshladi

Date:

Aholiga yordam berish uchun ularning qo‘liga baliq berish emas, balki baliq tutishni o‘rganishlari uchun tutqazish lozim. Innovatsion loyiha sifatida lug‘atimizga va hayotimizga integratsiya qilingan klasterlar amaliyotga tadbiq etilgan edi. Unga ko‘ra, klaster tizimida bir nechta korxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Paxta ekishdan to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni yagona texnologik zanjirga birlashtirgan ushbu majmualar sohada innovatsion iqtisodiyotga o‘tishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasi chuqurlashadi, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga jadal joriy etishga qulay sharoit yaratiladi.
Ayni maqsad va yuqori marrani ko‘zlab, Sherobod tumanida “Fortres” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri o‘z faoliyatini boshladi. Tumanning 12 ta hududidagi 267 ta fermer xo‘jaliklarida 2023-yil paxta hosili uchun ekilgan 7 ming 39 gektar maydonga klaster bilan shartnomalar tuzildi. Klaster tomonidan joriy yilda 1,5 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish va bosqichma-bosqich 2025-yilda hosildorlikni 40 sentnerga yetkazish maqsad qilingan.
Klaster tomonidan 2023-2024-yillar davomida jami 368 mlrd so‘mlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarni ishga tushirilishi hisobiga 1 360 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun