Bog‘ qayta rekonstruksiya qilinadi

Date:

Yoz fasli ayni munosib xordiq chiqarishning ayni vaqtidir. Farzandlar bilan hayvonot bog‘i-yu, istirohat bog‘larida sayr qilishga nima yetsin. Kinoteatr va boshga ko‘ngilochar maskanlar aholi uchun xizmat ko‘rsatishga shay holatda bo‘lishi esa nur ustiga nur. Ammo, bu boradagi holat sherobodliklar ta’bini biroz xira qiladi. Sababi tuman markazidagi istirohat bog‘i ko‘p yillardan buyon aholining madaniy xordiq chiqarishi uchun xizmat qilib kelgan bo‘lsa-da, bugungi kunda bog‘dagi attraktsionlar va boshqa jihozlar ma’nan eskirgan.
Ayni jihatlar yuzasidan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumanida bo‘lib, ushbu bog‘ni “Bolajon” bog‘i etib qayta tashkil etish va zamon talablari asosida rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishdi. Tuman hokimi va loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdimot qilingan loyiha bo‘yicha viloyat rahbari o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.
To‘g‘ri, loyiha ayrim kamchiliklardan holi emas. Shu sababli viloyat rahbari loyihani qayta ko‘rib chiqish taklifini berib, bu borada sohaning malakali mutaxassislarini jalb etiladigan bo‘ldi. Yangidan tashkil etilib, rekonstruksiya etiladigan bog‘da aholi, ayniqsa, bolajonlarning maroqli xordiq chiqarishlari uchun barcha qulayliklar yaratilishi maqsad qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalliy biznes rivoji – milliy iqtisodiyot tayanchi

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan...

Gaz “teshiklari” yopilmoqda

Tabiiy gaz bugungi kunda dunyoda eng muhim energiya manbalaridan...

Bugunning ehtiyoji, ertaning kafolati

Har qanday davlatning rivojlanishi uning energiya ta’minoti bilan bevosita...

4 292 marotaba reyd

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy...
KunTun
KunTun