Iste’molga yaroqsiz yog‘ yo‘q qilindi

Date:

Har birimiz o‘zimiz va oilamiz uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini munosib ko‘ramiz. Bu sog‘ligimiz uchun muhim. Ammo, pul shlash maqsadida ana shu sifat ko‘rsatkichlariga amal qilmaydiganlar ham topilishi ayanchli. Bir-ikki so‘m ishlab olish maqsadida Oltinsoy tumanida iste’mol qilib bo‘lmaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganlar ham afsuski topildi. Yaxshiyamki, uddaburon tadbirkor vaqtida ushlandi.
Uning sexidan 1,1 tonna qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ va 717 kilogramm chigit aniqlangan. Qo‘lbola usulda tayyorlangan 1 126 kilogramm qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun