O‘z joniga qasd qilishning oldini olish uchun…

Date:

Depressiya, tushkunlik, ayniqsa, o‘smirlik yoshida juda ko‘p uchraydigan holat. Buni yengish esa bu yoshda anchayin qiyin jarayonga aylanadi. Ana shunday holatlarning oldini olish, munosib yechim topish maqsadida esa maktablarda o‘quvchilarda o‘zini o‘zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish bo‘yicha maxsus ijtimoiy-emotsional o‘quv soatlari yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga shunday vazifa qo‘yilib, ushbu darslardan maqsad esa o‘quvchilarda o‘zini o‘zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Qolaversa, bu bilan depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldi ham olinadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun