Denovda yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Istaymizmi yo‘qmi, arxiv hujjatlariga ehtiyoj sezamiz. Ayniqsa, nafaqaga chiquvchilar, biror sud yoki boshqa sohalarga oid hujjatlar kerak bo‘lib qolsa, o‘zimiz yashaydigan hududdagi arxiv bo‘limlari jonimizga ora kiradi.
Albatta, bugungi kunda har bir sohaga e’tibor qaratilayotgani kabi arxiv sohasida ham e’tiborga molik ishlar bajarilmoqda. Arxiv binolari uchun yangi binolarning qurib foydalanishga topshirilishi, arxiv hujjatlarining elektronlashuvi, albatta, aholi uchun katta qulaylik yaratadi. Denov tumanida yangi arxiv binosining foydalanishga topshirilishi ham ana shunday qulaylikning amaldagi ifodasidir.
Denov tuman davlat arxivi eski binosi 1956-yilda qurilgan va anchayin eski va ta’mirtalab edi. Yangi ma’muriy binosi 3 qavatdan iborat bo‘lib, 1-qavatida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish xonasi, arxivchilar xonasi, bosh arxivchi va fond saqlovchi xonasi, direktor xonasi va boshqa xonalar joylashgan. Binoning 2-3-qavatlarida arxiv saqlov xonalari joylashgan. Binoda hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlash va foydalanishni tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun