Bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi

Date:

Surxondaryoda 1 ming 560 megavatt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi haqidagi xabarning tarqalishini eshitgan borki, bu qanday ishlashi, uning afzalliklari haqida qiziqishi aniq. Turgan gapki, bugʻ-gaz turbinali issiqlik elektr stansiyasi — qozon, suv quvurlari tizimidan hosil qilinadi. Qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi yoqilgʻilarning temperaturasi 500 gradusdan yuqori boʻlgan issiqlik energiyasi taʼsirida qozon quvurlaridan oʻtadigan suv yuqori bosimli bugʻga aylanadi. Bugʻ taʼsirida turbina, yaʼni birlamchi motor parraklari har minutda 1500-3000 aylanish tezligida harakatga keladi. Bunda bugʻning kinetik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Turbogeneratorning stator chulgʻamida yuqori kuchlanishli EYUK (elektr yurituvchi kuch), isteʼmolchida esa tok hosil boʻladi, natijada mexanik energiya elektr energiyasiga aylanadi.
Energetika tizimining ishonchli faoliyat ko‘rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yangi tamoqlar tashkil etish ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksiz va barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ayni maqsadda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) va Islom taraqqiyot banki (ITB) Surxondaryoda elektr stantsiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 million yevro investitsiya kiritmoqda. OIIB 225 million, ITB esa 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.
“A” kategoriyasiga kiruvchi mazkur loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yilning 17-may kuni so‘nggi baholash ishlari olib borilgandi. Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa O‘zbekiston Respublikasi energetika sektorini karbonsizlashtirish strategiyasiga muvofiq, yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdan iboratdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun