Raqsidan ko‘z quvonib…

Date:

Raqsning turlari ko‘p. Milliy raqslar esa o‘zida millat ruhini, shukuhini singdirgandek tomoshabinda o‘zgacha zavq va shavq bag‘ishlaydi. Ammo, surxoncha raqs bo‘lakcha. Surxoncha ohanglar sadosi yangrashi bilan insonda ko‘tarinki kayfiyat hukmron bo‘ladi. Bu ohang quloqlarga xush yoqib, qon-qonga singiydi, tomirlarda jo‘shadi. Sahnada esa surxoncha libosdagi qiz namoyon bo‘ladi-yu, sho‘x-shodon ohangga hamohang tarzda yelka qoqadi, qo‘llarini harakatga keltiradi. Tabassum ila boqishlar, noz-ishvali xiromlar esa sizni sahnaga mixlab qo‘yadi. Ohangning oxiriga qadar raqsga mahliyo bo‘lib, tomoshasidan ko‘z uza olmay qolasiz.
Ha, surxoncha raqs ana shunday jo‘shqin, ana shunday sehrli. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Yoshlar raqs festivali” respublika bosqichida ishtirok etish ishtiyoqida yongan ishtirokhi borki, sahnada bor mahoratini namoyon etdi. Ohangga sel bo‘lib, raqsga tushdi. Ammo, surxoncha raqs, surxondaryolik raqqosa qizning chiqishi o‘ziga xos edi. U tomoshabinlar mehrini, hakamlar e’tiborini torta oldi. Ushbu ishtirokchi Termiz shahri “Jayhun” mahallasidan Dilnoza Normamatova bo‘lib, u 16-21 yosh toifasida “Milliy raqs” yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun