Hindistonlik professorlar TerDUda

Date:

Ilm-fan, texnika va tibbiyot sohasida Hindiston katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Buni albatta, ta’lim sohasiga qaratilayotgan katta e’tiborning namunasi deyish mumkin. Shunday ekan, ta’lim tizimida tajriba almashadigan, o‘rganadigan jihatlarimiz bor. Bir guruh hindistonlik professor-oʻqituvchilar ham ayni shu maqsadda Termiz davlat universitetiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar munosib kutib olingach, birinchi qadam Termiz davlat universiteti faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

Mehmonlarga hamrohlik qilgan mezbonlar esa tanishuv davomida oliygohda keyingi yillarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning munosib zamonaviy shart-sharoitlarda taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, yuz berayotgan yangiliklar, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda erishilayotgan yutuqlar haqida ham so‘zlab berdilar.
Shundan soʻng, axborot-texnologiyalari fakultetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M.Xoshimxo‘jayeva, Moliya va iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektori O.Abdugʻaniyev, fakultet dekanlari va hindistonlik professor-oʻqituvchilar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad nufuzli universitetlar bilan oʻzaro tajriba almashish va yaqin aloqalar oʻrnatish, doktorant va yosh oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib, almashuv dasturlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Aytish kerakki, tashrif doirasidagi uchrashuvlar davom etayotir.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun