“Tashabbusli byudjet” mablag‘lari monitoring qilinadi

Date:

“Tashabbusli byudjet” deyishimiz bilan qandaydir loyiha bo‘yicha ovoz berish jarayonlari yodga tushadi. Jarayon qizg‘in tus olib, o‘z tashkiloti, ta’lim muassasasiga yetarli sharoit yaratishga bel bog‘laganlarning jonbozlik ko‘rsatishganini yaxshi bilamiz. Belgilangan muddatga qadar esa kerakli ovoz to‘play olgan loyihalar g‘olib deb topilib, mablag‘ ajratilgani, bu ish bitdi degani emas. Aksincha, hammasi endi boshlanganini anglatadi.
Mahalla binosi qurish, kutubxonaning texnik bazasini yaxshilash, maktab yoki bog‘chaga qo‘shimcha bino qurish uchun “Tashabbusli byudjet” loyihasida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan taskilot va muassasalar ajratilgan mablag‘ni qanday yo‘naltirayotir? Amaliy ishlar samarali tashkil etilganmi, xullas mablag‘ to‘g‘ri

yo‘naltirilganmi? Masalaning bu tomoni ham bor. Ana shunday savollarga javob topish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi tomonidan viloyatning Termiz shahri va Termiz tumanida “Tashabbusli byudjet”ning 2022-yil yakunlari bo‘yicha belgilangan loyihalarni amalga oshirilganlik holati yuzasidan samarali jamoatchilik monitoringi tadbirlari o‘tkazildi.
Monitoring davomida loyihalar uchun mablag‘larning to‘liq ajratilganligi, bajarilgan ishlarning, xarid qilingan tovarlarning sifati, ko‘tarilgan muammo qanchalik hal etilganligiga alohida e’tibor qaratildi. Qolaversa, “Tashabbusli byudjet” loyihasi yuzasidan aholi hamda tegishli tashkilotlar vakillaridan fikr va takliflar olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun