Qimmatga tushdi

Date:

Ba’zan qora terga botib mehnat qilishni istamasdan oson yo‘llar bilan pul topish yo‘liga o‘tib oladiganlar ham bo‘ladi. Afsuski, oson va qing’ir yo‘llar bilan topilgani buyurmasligini har doim ham anglab yetavermaymiz. Aks holda fermer xo‘jaligi rahbari O‘.T fuqaro A.N vositachiligida fermer xo‘jaligi yer maydonida o‘sib turgan, ko‘p yillik 8 tup eldor qarag‘ay daraxtini fuqaro A.S.ga 5 million so‘mga baholab, sotayotganida qo‘lga tushmasdi.
Afsuski, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari biroz kech qolishdi. Ushbu o‘suvchanligini yo‘qotmagan, ko‘p yillik noyob turga kiruvchi daraxtlarning bandiga allaqachon bolta urib bo‘lingan edi.
Tabiat qotillari bu harakati bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi talabini buzdi. Besh million so‘mlik bo‘lmoqchi bo‘lganlar esa tabiatga 551 million so‘m miqdorida zarar yetkazishdi va shuncha miqdordagi jarimani to‘laydigan bo‘ldi.
Bir daraxtni o‘stirib, gurkirab yashnashi uchun yillar kerak bo‘ladi. Ushbu yashillikning ekologiyaga-yu insoniyatga ta’siri haqida esa bugun yosh bola ham biladi. Ammo, shunday bo‘lishiga qaramay, nafsining quliga aylangan kimsalar ularni nobud qilavermoqda. Ko‘ramiz, kuzatamiz, belgilangan jarima summasini to‘laydiganlar qaytib qo‘llariga bolta olarmikan. Bu esa ana shunday niyatdagi kimsalarga ham saboq bo‘lsa, ajab emas.
Ha aytgancha, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida hududlarda ekologik tekshiruvlar, reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ehtiyot bo‘ling, tabiatga xiyonat kechirilmaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun