Stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi

Date:

Ishingiz yoki mehnatingiz rag‘bat topsa, albatta, bu shijoatingizni oshiradi. Yanada yaxshi ishlashga, oldinga qarab intilishga harakat qilasiz. Ana shunday tizim talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ilm-fan sirlarini yanada chuqurroq o‘rganishga undasa, demak u ayni zarurat bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekistonda talabalar uchun har oy stipendiya (1 million 320 ming so‘m) to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etilishi ham rag‘batning bir ko‘rinishi deyish mumkin. Bu bo‘yicha esa joriy yilning 19-may kuni Vazirlar Mahkamasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Buning uchun har bir talaba o‘z qiziqishi, layoqatiga mos keladigan o‘quv kurslarini tanlashi mumkin. Axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalardan foydalanish (boshlang‘ich), matematik statistika, algoritmlash asoslari, ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturlash tillari (Phthon), ingliz tili va qaror qabul qilish asoslari kabi o‘quv kurslari mavjud bo‘lib, har bir kurs jamoa bo‘lib ishlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin. Birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinsa, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.
Ta’lim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning – aralash ta’lim texnologiyasi” asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi. Ushbu kurslarga respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) talabalar ishtirok eta oladi.
O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tegishli yo‘nalishi bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun