QIZIQISH VA QOBILIYATIGA MOS…

Date:

Bugungi kunda ta’lim tizimiga har qachongidan-da kuchli e’tibor qaratilmoqda. Yildan-yilga amalga oshirilayotgan islohotlar, chora-tadbirlar negizida yosh avlodni har tomonlama bilimli, salohiyatli qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish vazifasi muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tarzda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5-9-sinflarda tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan dastur va o‘quv-metodik majmualar joriy etilishi ana shunday maqsadga xizmat qiladi. Qolaversa, o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladiki, bu esa o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalarini baholashga imkon beradi.
Bugun yosh bolani qo‘liga telefon tutqazsangiz, o‘zi uchun kerakli funksiyasidan foydalana oladi. Demak, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 1-sinfdan boshlab kompyuter savodxonligi o‘rgatilsa, bu ijtimoy tarmoqlar va internetdan, komyuterdan foydalanish madaniyatini ham o‘zlashtirishga imkoniyat yaratsa, ajab emas. Yuqori sinflarda esa ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etilishi esa kelajak taqdirlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi. Maktab tizimida amalga oshiriladigan bunday muhim qadam o‘zining ijobiy va muvaffaqiyatli natijasini qisqa muddatlarda ko‘rsatar ekan, yosh avlodni har tomonlama kamol topishiga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun