Mehnati ila ibrat…

Date:

Farzand uchun ota-ona ideal shaxs bo‘larkan. Buni har bir inson o‘z oilasidagi muhit, farzandlari misolida bilib olishi mumkin. Qo‘lingizdan kitobingiz tushmasa, o‘g‘il-qizlaringiz ham ilmga qiziqadi, mutolaaga oshno tutinadi. Ona pazanda bo‘lsa, uy yumushlari bilan yelib ugursa, shu oilaning qizi ham ro‘zg‘orim, uyim-joyim deydigan bo‘ladi. Bordi-yu, telefon, maishatbozligu ko‘cha-ko‘ydan kelmaydigan ota-ona bo‘lsa, farzand ham ayni shu jihatlardan ibrat va namuna oladi. Demak, farzandlarimiz har bir qadamimizdan ulgu olishini unutmasligimiz shart va zarur.
Mana shunday aqidani yaxshi anglagan Sho‘rchi tumanidagi “Joyilma” mahallasi ahli farzandlariga o‘z mehnati bilan namuna bo‘lib kelayotir. Ya’ni, tomorqasida turli ziroat yetishtirib, o‘g‘il-qizlariga ham ekin ekish, dehqonchilik qilish sir-sinoatini o‘rgatishmoqda. Mehnat bilan, peshona teri evaziga ro‘zg‘or tebratib, halollikni chin me’zon qilishmoqda.
Ko‘plar qatori Abdusamat Salomov ham ana shunday yo‘lni tutgan. Imtiyozli kredit olib, tomorqasining 3 sotixiga issiqxona qurib, undan samarali foydalanib kelmoqda. Mehnati bilan nafaqat ro‘zg‘orini butlayapti, balki imorat qurib, yaxshi niyat ila farzandlarini-da kamolga yetkazmoqda. Ayni paytda esa bolalari ham ota-onasiga dastyor bo‘lib, tomorqa ishlariga yaqindan yordam berib kelayotgani Abdusamat Salomovni quvontirayotgani rost.
Harakat qilganning ishida unum va baraka bo‘lar ekan. Bunda joyilmaliklar fikrimizni darrov tasdiqlashadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun