Turkiya texnologiyasi asosida…

Date:

Bugungidek texnika va texnologiyalar rivoj topgan bir paytda har qanday muammoga yechim topish mumkin. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda, yuqori samaradorlikka erishishda suvsiz qaqroq yerlardan ham unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilayotir.
Jarqo‘rg‘on tumani “Ismoiltepa” hududidagi “Termez Jayxun Klaster” fermer xo‘jaligi tomonidan 15 gektar maydonga qo‘shqator usulda ekilgan ingichka tolali paxta maydonida Turkiya texnologiyasi asosida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan. Ekinlarning unuvchanligi esa a’lo darajada, fermer esa mo‘l paxta hosili olishni mo‘ljallamoqda. Sababi mutaxassislar tomonidan kerakli agrotexnik tadbirlar, qolaversa o‘z vaqtida sug‘orish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Aytish kerakki, ekinlarni tomchilatib sug‘orishning ham talay afzalliklari bor. Ortiqcha suvni isrof qilmay ham natijaga erishish mumkinligini soha mehnatkashlari o‘zlari ko‘rib, amaliyotda amin bo‘lib borishayotir.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun