Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Date:

Qizil rang kishini sergaklantiradi. Holat esa jiddiyligini ko‘rsatadi. Sababi pandemiya paytida hududlarni yoki o‘quvchilarni oliy ta’limga o‘qishga kirish ko‘rsatkichiga qarab maktablarni qizil, sariq yoki yashil toifalarga bo‘linganidan ham buni bilish, anglash mumkin.
Ayniqsa, ba’zi yoshlarning ham qizil toifaga ajratilishidan payqaganingiz kabi holat havas qilarli emas. Ularning hayotini izga solish, buning uchun esa manzilli va tizimli tarzda ishlash lozim. Ana shunday yoshlar bilan suhbatlashish, taqdiri bilan qiziqib, qiziqish va ishtiyoqini inobatga olgan holda yordam berish, vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish ham muhim qadam hisoblanadi. Atrofdagilarning ular bilan qiziqayotganini anglaganlar shubhasizki, hayotiga mas’uliyat bilan qaray boshlaydi.
“Qizil ” toifaga kiritilgan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mas’ullar bu safar yana bir savobli va foydali tashabbus bilan chiqdilar. Uzun tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ana shunday yoshlar uchun tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining yetakchi mutaxassislari hamkorligida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ko‘rik jarayonida yoshlar kerakli tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, o‘z ishining malakali mutaxassislari tomonidan tibbiy maslahatlar, statsionar davolanishga zarurati borlarga esa yo‘llanmalar berildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha – salom...

Yong‘in 14 soatda o‘chirildi

Boysun tumanidagi “Kengdala” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash...

TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda....

“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish...
KunTun
KunTun