Tez yordamga “Volkswagen” keldi

Date:

Bugun deyarli barcha hududlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, aholi salomatligi uchun tibbiy brigadalar kun-u tun xizmatga shay. Ushbu sohada ham raqamli texnologiyalar yo‘lga qo‘yilishi esa yangilik bo‘ldi, deya olamiz.
Tez tibbiy yordam sifatini oshirish, murojaatlarni qabul qilish va tibbiy brigadalarni manzillarga yoʻnaltirishning raqamli texnologiyalarini joriy etish vazifasini soha xodimlari oldiga asosiy vazifa sifatida belgilab bergan viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov Respublika tez tibbiy yordam markaziga topshiriqlar ijrosini o‘rganish va olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurdi.


“Call center” faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, joriy qilingan raqamli texnologiyalarning ishlash holati bilan tanishildi.
Tez tibbiy yordam sifatini oshirish maqsadida filialga yana qoʻshimcha 3 ta “Volkswagen” tez tibbiy yordam mashinalari, 2 ta elektroskuter va tibbiy brigadalarga murojaatlar manzillarini onlayn koʻrib borish uchun planshetlar hamda boshqa zaruriy jihozlar topshirildi. Elektroskuterlardan manzilning oʻzida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun sinov tariqasida foydalanish yoʻlga qoʻyilmoqda. Mazkur tibbiy xizmat oʻz samarasini bersa, kelgusida ushbu xizmatdan kengroq foydalanilishi ta’kidlandi.


Viloyat rahbari aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatli va manzilli boʻlishi, tez tibbiy yordam bemorlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishi muhim ekanligini ta’kidladi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun