Namunali seminar tashkillashtirildi

Date:

Endigina ish boshlaydigan har qanday xodimning ko‘nglida ishlab ketamanmi, eplay olamanmi degan xadik bo‘ladi. Uzoq yillik tajribaga ega xodimning ishida, o‘zini tutishidan ko‘rish, sezish mumkinki, o‘ziga bo‘lgan ishonch sezilib turadi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz har ikki holatdagi xodimning qaysi bir ko‘proq muvaffaqiyatga erishadi. To‘g‘ri, javob tayin. Ammo, endigina ish boshlagan xodimning ish o‘rganishi uchun vaqt kerak. Tajriba esa kun kelib o‘z natijasini ko‘rsatadi.


Ana shunday tajribasi sabab yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xotin-qizlar faollari mahallalarda namunali seminarlar tashkil etishayotgani yosh kadrlar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Oltinsoy tumani 3-sektor hududiga qarashli “Ekraz” va “Dug‘oba” mahallalarida ham ana shunday seminar o‘tkazildi.
Beshlik “Davlat xizmatchilari” mahalla xotin-qizlar faoli Saida Abduxoliqova hamda Muhabbat Mamanovalar tomonidan sektor hududiga qarashli mahalla xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkillashtirildi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanishtirildi.
Shuningdek, “Mahallada ijtimoiy xizmat” modeli orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni o‘rganilganligi, muammolarini esa oilabay yondashuv tizimi orqali xizmat ko‘rsatish tizimiga yo‘naltirganligi va barcha oila aʼzolariga yordam berilishi mumkinligi haqida tushuntirildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun