TARBIYALANUVCHILAR MAKTABDA…

Date:

Maktabni bitirish, oliy ta’lim dargohiga o‘qishga kirish hayajoni haqida to‘lqinlanib so‘zlaymiz. Ammo, bog‘cha bilan xayrlashib, maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan bolajonlarning ko‘zidagi quvonchni, his-hayajonni yo sezmaymiz, yo e’tibor bermaymiz. Ular ham o‘zlaridan katta opa-akalaridan kam quvonishmaydi, ulardan kam hayajonga tushishmaydi.
Bolalarni maktab faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 1-2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari shahardagi 1-sonli umumtalim maktabiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida jajji bolajonlarning ko‘zlariga boqqan borki, ularning olam-olam taassurotlar olganini, maktabga o‘qishga havaslanish bilan birga hayajonlanishganini ham ko‘rish, sezish mumkin bo‘ldi.
Ekskursiya davomida tarbiyalanuvchilar maktab binosi, sinfxonalari hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Maktab partalariga o‘tirib, o‘zlarini shu maktabning o‘quvchisidek his etdilar. Qolaversa, dars jarayonlarida ular ham faol ishtirok etib, o‘zlari yod olgan she’rlarni aytib berib, aka-opalarini lol qoldirishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun