Urush qatnashchisi yo‘qlandi

Date:

Qumqo‘rg‘onlik Hayit bobo Musayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Asr bilan tenglashgan bobo urushni bir kun bo‘lsa-da unutmagan. Urush dahshatini, o‘q ovozini hozirgidek eslaydi. Xotiralar boboni doimo tinchlikning, bugungidek dorilomon kunlarning qadriga yetishga undagan. Shuning uchun ham doimo yoshlarga, farzand va nabiralariga nasihat qilishdan to‘xtagan emas.
Bobo avlodlari, qumqo‘rg‘onlik yoshlar uchun tirik afsonadek gap. Doimo boboni yo‘qlashadi, holidan xabar olib, pir-u badavlat otaxonning so‘zlariga quloq tutishadi. Urush haqidagi voqealarni tinglashadi. Nasihatlarini quloqlariga tumordek ilib, duosini olishadi. Bobo ham doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikdan, yo‘qlovdan shod, o‘zining minnatdorlik tuyg‘ularini yashirmaydi.
Qumqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Qumqo‘rg‘on tumanining “Munchoqtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi II-jahon urushi qatnashchisi Hayit bobo Musayevning xonadonida bo‘lib, nuroniyning holidan xabar olishdi.
Ichki ishlar tizimida samarali va fidoiylik bilan xizmat qilayotgan ofitserlar urush faxriysi bilan dildan suhbat qurishdi. O‘tgan kunlarni eslab, bugungi kunlarga shukronalar aytishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun