Toshkent–Termiz samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Date:

Samolyot uzog‘imizni yaqin qilib, qisqa fursatda manzilimizga yetkazuvchi vosita hisoblanadi. To‘g‘ri-da, oddiygina yumush bilan poytaxtga borish uchun avtobus yoki yengil mashinada 9-14 soat davomida yetib boramiz, samolyotda esa 1 soatda azim Toshkentda bo‘lamiz. Ayniqsa, yo‘l azobi, issiq va sovuq kundagi qiyinchiliklar insonni azoblashi aniq.
Ba’zida biz istagan vaqtda reyslarning bo‘lmasligini hisobga olmaganda samolyotda ketish haqiqatan ham eng maqbul variant. “Termiz xalqaro aeroporti” MCHJ va Surxondaryo viloyati transport boshqarmasining hamkorlikdagi loyihasi doirasida yo‘lovchi tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent–Termiz yo‘nalishi bo‘yicha yangi ATR 72-600 rusumli samolyot qatnovining yo‘lga qo‘yilgani esa bu muammo uchun ham munosib yechim bo‘ldi.
Kuni kecha, ya’ni 2-may sanasida mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da “SILK AVIA” mintaqaviy milliy aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyot Toshkent-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha Termiz xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Aeroport perronida bortni keng jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlar, aviaspotterlar qarshi oldi. 70 kishilik ATR 72-600 dunyodagi eng mashhur qisqa masofali samolyotlardan biri hisoblanmish mazkur tayyora airbus A320 ga nisbatan to‘rt baravar kam yoqilg‘i sarflaydi. Qolaversa, xavfsiz, tejamkor va arzon. Yo‘lovchilar hamyonbop narxda manzilda yetkaziladi. ATR 72-600 ning parvoz masofasi 1500 kilometr, balandligi esa 6000-7000 kilometrni tashkil etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tabiatni asragan — kelajakni asraydi

Insonning tabiat bilan boʻlgan rishtalari qadimdan uzilmagan. Yerning bagʻridan...

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...
KunTun
KunTun