Yoshlarga bog‘dorchilik sirlari o‘rgatiladi

Date:

Bog‘dorchilik ham qishloq xo‘jaligining bir bo‘lagi. Vohamizda ayni sohaga katta e’tibor qaratilgan va tajribali bog‘bonlarimiz o‘z ishlarini mo‘may daromad manbaiga aylantirganliklari ham bor gap. Xorijlik tadbirkorlarning ayni janubiy vohaning iqlimi, tabiati va unumdor tuprog‘iga qiziqishi ortib, bog‘dorchilik sohasiga sarmoya tikishayotir. Termiz tumanida “SPN Humoagro” MCHJning turk tadbirkorlari bilan hamkorlikda 106 gektar maydonda shaftoli va o‘rik bog‘lari tashkil etganidan xabarimiz bor.


Aytish kerakki, ushbu maydonning 58 gektariga Turkiya, Italiya va Gretsiya kabi davlatlardan keltirilgan o‘rikning 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari ekilgan. Yetishtirilgan mahsulotlar esa asosan Yevropa davlatlariga eksport qilinayotir. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu bog‘ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Bog‘dorchilikda xorij tajribasini o‘rganish, mo‘l hosil olish sirlari bilish mahalliy bog‘bonlar va yoshlar uchun foyda bo‘lsa borki, aslo zarar emas. Shu jihatlarni inobatga olgan viloyat rahbari turk tadbirkori bilan suhbatda bog‘dorchilik sirlarini yoshlarga o‘rgatishni so‘radi. Buning uchun tadbirkorga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini ta’kidladi. Tadbirkor esa ushbu taklifni qabul qildi va har doim yoshlarga o‘z tajribasini o‘rgatishga tayyor ekanini aytdi.
Natijada mazkur loyihani kengaytirish maqsadida tadbirkorga qo‘shimcha yer maydoni ajratiladigan, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yangi o‘zlashtirilayotgan yer maydonlarida ushbu tajriba asosida zamonaviy bog‘ tashkil etiladigan bo‘ldi. Yoshlar esa bog‘dorchilik sirlarini yangi tashkil etilajak bog‘larda o‘rganishadi va o‘z tajribalari oshirishadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun