Tog‘ dor yo‘li loyihasiga start berildi

Date:

Boysun — ochiq osmon ostidagi mo‘jizaviy makon. Bu yerni ona tabiat ham bor go‘zalliklari, ajib yaratiqlari bilan siylaganki, tomoshadan, ona tabiat qo‘ynidan bahra olasan kishi. Toza va salqin havo, purviqor tog‘lar qo‘ynida sayr qilishning gashti o‘zgacha.
Boysun ta’rifini eshitgan borki, uni ko‘rishga oshiqadi. Shuning uchun ham tumanda turizm sohasi rivoj topgan. Albatta, tog‘-u toshlarni bosib, cho‘qqiga chiqishni sevuvchilar uchun o‘zgacha sarguzashtlarni taqdim etishi bilan maroqli. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining Surxondaryoda turizmni rivojlantirish borasida yaratib bergan imkoniyatlari natijasida vohaga 2022-yil yakuniga ko‘ra 1,1 mln nafar turistlar tashrif buyurdi va bu ko‘rsatkich 5 yil avvalgi 85 ming sayyoh tashrifidan 13 martaga ortdi.
Viloyatda mavjud turizm potensialidan samarali foydalanish, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etish bo‘yicha esa hali-hamon amaliy harakatlar davom etayotir. Tumandagi Zovboshi hududida tog‘ dor yo‘li loyihasiga start berilgani e’tiborga molik voqea deyish mumkin.
“Termiz-Boysun qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida nafaqat tog‘ dor yo‘li, balki dam olish maskani ham quriladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohaga ajratilgan mablag‘ manzilli sarflangan… mi?

Surxondaryo viloyatida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda...

Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng…

Surxondaryo viloyat hokimining hududlarda bo‘lganini turli sohalarga, ulardagi muammolarga...

Natsumi Shida: “Boysunlik ayollar mehnatda, sabr-matonatda tengi yo‘q”

Ayol — u shunday xilqatki, jasorati, matonatiga tan beramiz....

Sevimli shoir dastxat ulashdi

Usmon Azim bilan bo‘ladigan davralar qiziydi, she’riyatga keng o‘rin...
KunTun
KunTun