…sirtqi ta’lim shakliga 5 yillik staj talab etiladimi?

Date:

Diplom emas, aql va tafakkur, bilim va salohiyat o‘z so‘zini aytadi, kerak bo‘lsa, ish ko‘rsatadi. Haqiqiy mutaxassis bo‘la turib, oliy ma’lumoti bo‘lmasa, uni bir chetga uloqtirib, “senda diplom yo‘q” deya dashnom berish emas, unga shart-sharoit yaratib, bilim va malakasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, nazarimda.
Uzoq yillar xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumot olish imkoniyati bo‘lmagan faqatgina kollej yoki texnikum diplomi bilan “o‘rta maxsus” tamg‘asi ostida ta’lim maskanlarida misoli bir siqindidek amal-taqal dars olib, o‘quvchi-yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan pedagoglarning ham bugun yelkasiga oftob tegdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Endilikda ana shundayin mutaxassislar ham besh yillik ish staji bilan oliy o‘quv yurtlarining sirtqi ta’lim shaklida o‘qishi mumkin. To‘g‘ri, bu yangilik emasdir balki, biroq oldin besh yillik ish staji talab etilmagani uchun ham barcha o‘qish istagidagi fuqarolar sirtqi ta’limga o‘zini urardi. Raqobat katta. O‘qishga kirish esa biroz qiyinlashardi.
Pedagogika sohasidagi ta’lim yoʻnalishlariga sirtqi ta’lim shakli boʻyicha oʻqishga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilininishi hamda ushbu tartib 2023/2024-oʻquv yilidan amal qilishi belgilandi. Bu esa “o‘rta maxsus” kadrlar uchun juda katta imkoniyat eshiklarini ochishi shubhasiz.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun