Tadbirkor 40 ta uy hadya qildi

Date:

Kamola Hasanova ota-onasidan ajralib, ko‘p qiyinchiliklar ko‘rdi. Momosi, amakilari qo‘lida ulg‘aydi. Bu yilgi Ramazon hayiti esa unga olam-olam quvonch baxsh etdi. Unga sovg‘a sifatida keng va yorug‘, shinam uyning kaliti topshirildi. Bir kunda vatanli, boshpanali bo‘lmoqlikning baxti-yu, quvonchini bir tasavvur qiling-a? Yetmaganiga ushbu xonadonda barcha qulayliklar, maishiy jihozlar va mebellar badastir bo‘lsa…
Sherobod tumanidagi Kamola Hasanova yanglig‘ 40 nafar uy-joyga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar va nogironligi bor insonlarga ana shunday uy-joylar mahalliy tadbirkor hisobidan bunyod etilib, hadya qilindi. Mamlakatimizda ehtiyojmand xotin-qizlar, kam taʼminlangan oilalar va nogironligi bor yurtdoshlarimizni uy-joy bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgan, hududlarda ijtimoiy turar-joy binolari barpo etilayotgan bir paytda saxovatpesha tadbirkorlarning borligi, ularning bir chetda tomoshabin bo‘lib turmasdan mehr-muruvvat ko‘rsatib, barcha sharoitlarga ega zamonaviy turar-joy binolari qurib berayotgani yuksak insoniylik fazilatlarining bir ko‘rinishi deyish mumkin. Mana shunday saodatli kunda ehtiyojmandlarga uy tuhfa qilgan tadbirkor o‘z nomini ochiqlamaslikni istadi. Saxovatpesha tadbirkor o‘tgan yili ham tumandagi 27 ta kam taʼminlangan uy-joyga muhtoj oilaga kottej uylari qurib, hadya qilgan edi.
Ushbu uy-joylarning kaliti tantanali ravishda topshirildi va xonadon egalarining quvonchiga Surxondaryo viloyat hokimi ham sherik bo‘lib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun