Germaniya o‘qishadi…

Date:

Talabalik oltin davr. Uni o‘qib o‘rganish, izlanish bilan o‘tkazmoq yoshlarning kelajak taqdirida tub burilish yasaydi. Qolaversa, bu muddatda erishilgan yutuqlar ham ilk qadam bo‘lib, muvaffaqiyatlarning debochasi bo‘lib xizmat qiladi.
Termiz davlat universitetining xorijiy filologiya fakulteti talabalari Furqat Jumayev va Gulnoza Eshniyozovalar ham o‘z ustida ishlab, oldinga intilishdan to‘xtamaydigan tashabbuskor va iqtidorli yoshlardan. Ular Germaniyaning Myunster shahridagi Vilgelm nomidagi Myunster universitetining Germanistika institutida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida grant yutib oldilar. Qarabsizki, ushbu institutda 6 oy muddat davomida akademik almashinuv o‘qishini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
To‘g‘ri, oliygohda mana shunday yutuq va grantlar sohib va sohibalari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular xorijning nufuzli ta’lim dargohlarida o‘qish bilan birga ta’lim tizimidagi katta tajribaga ham ega bo‘lishadi. Soha sirlarini o‘zlashtirib, o‘zimizda tadbiq etishadi. Qolaversa, boshqa sohalarda ham yangiliklar, innovatsiyalar olib kirishsa, ajab emas.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun