Oromgohlar mavsumga shay… mi?

Date:

Kunlar isib, maktablarda o‘quv yili yakunlanishiga ham muddat oz qoldi. Yil bo‘yi ta’lim-tarbiya olib, o‘qib-o‘rganish bilan band bo‘lgan yoshlar yozning birinchi oyidanoq yozgi sog‘lomlashtiruvchi oromgohlarga, ko‘ngilochar maskanlarga yo‘l olishadi. Ta’tilni munosib o‘tkazib, xordiq olishni-da o‘z o‘rniga qo‘yishadi.
Yozning jazirama issig‘ida vaqt o‘tkazmoqlikning o‘ziga yarasha gashti, zavqi-yu sururi bor, albatta. Termiz shahridagi Surxon daryosining bo‘yida joylashgan “Amudaryo” oromgohi ham yoshlarning ko‘ngildagidek vaqt o‘tkazishi uchun eng yaxshi maskan aslida. Buni o‘tgan yillar davomida dam olib ketgan bolalar juda yaxshi biladi. Balki bu safargi ta’tilda ham ayni shu oromgohga kelmoqlikni maqsad qilishgan bo‘lsa, ajab emas.
“Amudaryo” oromgohi har yili yoz mavsumida minglab bolalarni o‘z bag‘riga oladi. Bu yil ham bundan mustasno emas, shu sababdan ham hozirdanoq barcha sharoitlarni yaratib, yozgi mavsumga bolalarni qabul qilish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu oromgohda bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechayotgani bilan qiziqdi. Albatta, oromgohda obodonlashtirish ishlari olib borish bilan birga, mavjud plyaj atrofi ham tozalanadi. Sanitariya holati yaxshilanib, cho‘milish uchun shay holatga keltiriladi. Qolaversa, oromgoh binolarini tartibga keltirish, jihozlarni yangilash masalalari ham masʼullar nazoratida. Ushbu tayyorgarlik ishlari 1 oy davom etadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun