Suv masalasi muammo bo‘lmaydi

Date:

Ekin eksangiz-u suv bilan ta’minlay olmay, ekinlaringiz gurkirab yashnashdan, o‘simdan qolsa, qilgan mehnatingiz va ketgan vaqtingizga achinasiz. Ishingizdan ko‘nglingiz qolib, hayotga qarashlaringiz ham o‘zgaradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qarori esa qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotganlarning xafsalasini pir qilmaydi, balki munosib qo‘llab-quvatlash uchun xizmat qilayotir. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumani “Tong yulduzi” mahallasidagi Navoiy suv chiqarish inshootini taʼmirlash va 7 kilometr beton ariq qurish uchun rejada 6 milliard 200 million so‘m mablag‘lar ajratilishi belgilangan edi. Amaliy harakatlar boshlangach, 1 milliard 800 million so‘m pul mablag‘lari ajratilib, shundan 79 foiz mablag‘ o‘zlashtirildi.
Albatta, yo‘naltirilgan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanayotgani, amalga oshirilgan ishlar nazorat ostida. Tuman hokimi Abdurashid Ismailovning shaxsan o‘zi bu yerdagi ishlarni o‘rganib, jarayonni kuzatib bormoqda. Qolaversa, ta’mirlash va qurish ishlari yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib borayotir. Aytish kerakki, bugungi kunga qadar 1000 metrdan ortiq beton ariq qurilib, obektda ishlar jadal davom etmoqda. Qisqa muddat ichida esa qurilish ishlari yakunlanib, mahalliy aholi uchun suv masalasi mummo bo‘lmaydi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun