Tadbirlidan motivatsiya

Date:

Ishning ko‘zini bilgan inson yo‘qni yo‘ndiradi. Uquvsiz va epsizlar esa borni ham yo‘q qiladi. Bugungi zamon esa tadbirli va ishbilarmonlarning zamonasidir. Ba’zida ishsizlikdan noliydiganlarning o‘z imkoniyat va sharoitidan foydalanmayotganini, bu borada o‘ylab ko‘rishga uquvi va saviyasi yetmayotganini ko‘rib, kuzatib, attang deyishdan boshqa chora topa olmay qolasan kishi.
Yo‘qni yo‘ndiradiganlarning yutuq va muvaffaqiyatlari, erishayotganlari esa qaniydi ana shunday kimsalarning tegishli xulosa chiqarishiga turtki bo‘lsa… qiziriqlik Saydulla G‘afforov ham ishning ko‘zini biladigan tadbirli inson. U ko‘p yillardan beri yerga mehr berib, mehnatining rohatini-da ko‘rib kelayotir. Tadbirkor o‘z xonadonida turli mevali va manzarali daraxtlarning, poliz ekinlarining ko‘chatlarini yetishtiradi. Turgan gapki, “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy etilishi va ekin-tikin mavsumida ana shu ko‘chatlarning xaridori ko‘payib, tadbirkorga mo‘may daromad keltirishga xizmat qilyapti.
To‘g‘ri, ko‘chat yetishtirishning ham o‘z qiyinchiligi, mashaqqati bor. Ammo, yerga urug‘ qadab, hosilini olgunga qadar qarovini qilishdan ko‘ra ko‘chat yetishtirish birmuncha oson va tezda daromad keltiradigan ish. Qiziriq tuman hokimi Sh.Rajabov va sektor rahbarlari tadbirkorning xonadonida bo‘lib, uning tajribasini ommalashtirishni reja qilishdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun