Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Date:

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish va ilmiy aloqalarni kengaytirish ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biridir. Bunday hamkorliklar talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish bilan birga, ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirishga ham xizmat qiladi.

Shu yo‘nalishda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Turkiyaning Hasan Kalyoncu universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori, professor Rasul Nortojiyevich To‘rayev hamda Hasan Kalyoncu universiteti rektori, professor doktor Gül Rengin Küçük Erdoğan tomonidan imzolandi.

Memorandum ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va madaniy aloqalarni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma akademik va ilmiy faoliyatni kengaytirishni nazarda tutadi. Hamkorlikni amalga oshirishda ikki universitetning tegishli akademik bo‘linmalari va xalqaro aloqalar tuzilmalari ishtirok etadi. Aniq hamkorlik dasturlari esa alohida kelishuvlar asosida belgilanadi.

Mazkur kelishuv TDMAUning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishga zamin hozirlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun