Viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi

Date:

Yong‘in tilsiz yovdir. Bir lahzada insonning bor-budini kulga aylantirishi, shirin jonini-da xavf ostiga qoldirishi hech gap emas. Ana shunday paytda favqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh jamoasi jonga ora kiradi. Bunda vaqt, tezkorlik, shiddatlilik va malaka yordamga keladi. Qarabsizki, yong‘in o‘chirilgan, insonlar hayoti asrab qolingan bo‘ladi.


Demak, soha xodimlaridan talab etiladigani yuqoridagi jihatlarga e’tibor qaratishlari lozimligi, o‘z ustida ishlab, sharafli kasblariga sadoqat ruhida faoliyat yuritishlari lozim. Surxondaryo viloyati FVB, shahar, tuman FVB bo‘limlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha viloyat birinchiligi qutqaruv jamoalarining tezkorligini, mahoratlarini namoyish etishlari uchun katta sinov maydoni bo‘ldi.

Jamoalar har bir shartda vaqt va tezkorlikka amal qilib, o‘zlariga berilgan vazifani to‘la-to‘kis ado etishdi. Jarayon qiziqarli va murosasiz o‘tdi. Tomoshabinlar har bir ishtirokchini qo‘llab, olqishlab turdi. Musobaqa yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida uzunliklar uchinchi, Sariosiyo tumanidan ishtirok etgan jamoa ikkinchi o‘rinni band etishdi. Termiz shahar FVB jamoasining mehnati va harakati besamar ketmadi. Ular birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun