Zarur infratuzilmalar bo‘lishi shart

Date:

Uzoq yillar yaxshi niyat ila uy olish uchun yig‘inamiz. Jamg‘arganimizga esa o‘zimiz uchun qulay, shinam uy topish ham maroqli jarayon. Xonalar keng va yorug‘ bo‘lishi, quyosh tushib turishi lozim. O‘z didimizga munosib tarzda jihozlashni ham reja qilamiz. Tanlovimiz ko‘p qavatli uylardan bo‘ladigan bo‘lsa, turar-joyning qurilishida zarur infratuzilmalar ham hisobga olinganiga ham e’tibor qaratamiz. Ayniqsa, hovlida bolalar maydonchasi bo‘lishi kerak, farzandlarimiz vaqtini mazmunli o‘tkazishini ham hisobga olamizda. Ana shunday paytda kamchiliklarni to‘ldirib, yo‘qni yo‘ndirishni va’da qilgan quruvchining va’dalariga chippa-chin ishonamiz-da, savdoni pishitgan bo‘lamiz. Ha, ha, odatda barcha shu tariqa uy sotib oladi.


Ammo, ana kutamiz, mana kutamizki, quruvchining va’dalari quruq gap-so‘zligicha qolib ketaveradi. Na bolalar maydonchasidan, va na boshqa masalalarda o‘zgarish bo‘ladi. Bu esa shunday qolib ketmasligi kerak.
Surxondaryo viloyat hokimi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi muloqotda viloyatdagi yirik qurilish kompaniyalari vakillari va quruvchi tadbirkorlar bilan davom ettirildi. Unda ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilishi muhokama qilindi. Ayrim turar-joylar qurilishida zarur infratuzilmalar hisobga olinmaganligi tanqid qilindi va kamchiliklarni 10 kun muddatda bartraf etib, zarur infratuzilmalar, bolalar maydonchalari, yo‘laklar qurilishini yakunlash vazifasi qo‘yildi.
Soha mutadasaddilariga kelgusida barcha turar-joylarni foydalinishga qabul qilishda birinchi navbatda zarur infratuzilmalar bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Boysun tumanida turizm zonasi tashkil etish loyihasi taqdimoti bilan ham tanishilib, loyihani maromiga yetkazish, tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun