Gulistonga suv keldi!

Date:

Suv — bu obi-hayot degan gapda haqiqatda jon bor. Toza ichimlik suvining qadrini qaqroq cho‘l-u biyobonlarda, suv hali yetib bormagan olis manzillarda istiqomat qilayotganlar juda yaxshi bilishadi.
Ichimlik suvi oqib turadigan jo‘mrakdan oqayotgan har qatra suv aslida har birimiz uchun qadrli bo‘lishi, uni isrof emas, iqtisod qilishimiz, berganiga shukur deya, suvdan oqilona foydalanishimiz kerak. Chunki biz suvdan serob yashayotgan bir paytda dunyo yoki respublikani-ku qo‘ya turaylik yonginamizda istiqomat qilayotgan fuqarolar toza ichimlik suvisiz aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkinligi, har qachon yodimizda turishi kerak.
Termiz tumani “Guliston” mahallasi ahli ham ancha paytlardan buyon toza ichimlik suvini olis masofadan tashib yoki sotib olib ichishayotgan edi. Biroq jonkuyar yurtboshimiz aholining dard-u tashvishlari, muammolarini o‘ziniki bilgani uchun ham hech kimni va hech bir masalani e’tiboridan chetda qoldirayotgani yo‘q. Gulistonliklarning toza ichimlik suvi muammosi ham ana shunday xayrli tashabbus natijasida aridi, desak mubolag‘a bo‘lmas.
Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilah bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligini ta’minlash, jumladan, toza ichimlik suv ta’minoti, ichki yo‘llar ta’miri borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Termiz tumani “Guliston” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar natijasida bugun aholi xonadonlari ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga erishildi. Fuqarolar ham suv bilan bog‘liq muammosi hal bo‘lganidan xursand. Go‘yo xonadoniga suv emas, nur, yangi hayot nafasi kirib kelganday quvonch va shukronalikdan duoga qo‘l ochayotgan fuqarolarni ko‘rib ko‘z quvnaydi.
Zero, ana shunday ezgu ishlar, aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi borasidagi islohotlar vohamizdagi har bir xonadonga yetib borsin, fuqarolar ichimlik suvisiz azob chekmasin.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun