Qimmatga tushgan pora

Date:

Firibgar insonning qiyin vaziyatidan foydalanib firib beradi. O‘zganing muammosidan foyda bichadi. Ana shunday yengil yo‘lni tanlagan Denov tumani “Vodiy” mahallasida joylashgan tez tibbiy muassasasi xodimi fuqaro Sh.B.ning ovi baroridan keldi. Ancha paytdan buyon ishsiz yurgan J.Sh.ga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda tez tibbiy yordam muassasasiga ishga kiritib qo‘yishni taklif etdi. Ish pishib, firib o‘z mevasini berayotgan paytda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari halal berishdi.
Attang, Sh.B.ga naqd 1300 AQSH dollari qimmatga tushadigan bo‘ldi.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.Allayeva,

jurnalist

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun