G‘iybatchidan  2 million…

Date:

“Eshitdingizmi, falonchi falonchi bilan don olishib yurarkan.”

“Qo‘shnimiz gaz zapravkada ishlaydi, odamlarni haqidan urib, mol-davlat yig‘yapti. Shu topgan noqonuniy pullaridan har oy beva-bechoraga hadya chiqaradi.”

“Erimni bir qarindoshining qizi kelgan sovchini qaytaryapti, qanaqadir og‘ir kasali bor ekan. Аybini yashirish uchun ham turmushga chiqmayapti.”

Gapdagi misollardan fahmladingiz-a, bular ig‘vogar, g‘iybatchi, o‘zi qolib o‘zgalarning hayoti bilan qiziqib, doim boshqalarning shaxsiy maʼlumotlarini to‘plab, keyin qo‘shib-chatib, atrofga tarqatadiganlarning tilidan aytilganligini. Ha, afsuski, oramizda shunaqa toifadagi odamlar bor. Bunaqalar o‘zgalarni muhokama qilib, eng qimmatli vaqtini, umrini, qolaversa, bor energiyasini behuda narsaga sarflayotganini anglamaydi. Аchinarlisi, ichidagi hasad hayotini yanada chigallashtirib, muammolarning ichiga o‘ralashtirib boradi. (Hasad hatto, ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi isbotlangan.)

Аlbatta, hayotning “aks taʼsir” qonuniga ko‘ra, kimga nimani ravo ko‘rsak, o‘sha narsa qaytib kelishi rost. Yaʼni, ig‘vogarni taqdir ham jazosiz qoldirmaydi. Qaytar dunyo-da. Biroq, bilmaganlar bilib qo‘ysinki, qonunda ham xuddi shunday harakatga chora bor.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 461-moddasida aynan “shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish – bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” deya belgilangan.

Bu taxminan 2 mln. 700 ming so‘mdan 10 mln. 800 ming so‘mgacha miqdorida bo‘ladi. Demak, bitta ig‘vo yoki g‘iybat gap uchun shuncha tovon to‘lash mumkin ekan.

 O‘zgalarning shaxsiy hayotiga daxldor maʼlumotlarni og‘zimizni bir chekkasidan chiqarib yuborishdan oldin, jarimalarni ko‘z oldimizga keltiraylik. Bu “G‘iybatchi, ig‘vogarni urma-so‘kma, cho‘ntagini yirt” deganidan bo‘ladi.

F.Rahmonqulova,

jurnalist

Oldingi sahifaKunning ajoyib xabari
Keyingi sahifaQimmatga tushgan pora

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaharda jinoyatchilik oshdi…mi?

Xabaringiz bor, mahallarda jinoyatchilik bilan bog‘liq holatlar sodir etilishiga...

Pora berganmisiz?

– Salom, bolalar! Bugungi dars mavzusi "Otkat". Kim aytadi?...

Hasadgo‘ymasman

“Dadajonimga”, “Onajonimga” kabi yozuvlarni yozdirib, hammaga ko‘z-ko‘z qilib mashina...

Hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa…

Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxandaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi,...
KunTun
KunTun