Yiliga 6 million…

Date:

Tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan sabablar ko‘p. Qulay joy bo‘lmasa, ish yuritishni amalga oshirib bo‘lmaganidek, mahsulot tannarxi qimmat bo‘lsa ham bozorda ishlab chiqargan mahsulotimizga bo‘lgan talab pasayib ketadi. Ayni shunday “Sho‘rtanneftgaz-tekstil” MCHJ 2016-yilda paypoq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yganiga qaramay, korxona o‘z binosiga ega emasligi faoliyatni o‘rtasidan to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘ldi. Faoliyat yuritayotgan bino davlat mulki bo‘lganligi sababli auksion savdolariga chiqarildi. Keyinchalik yaratilgan yengilliklar sabab tadbirkor tomonidan ushbu bino arzon narxda sotib olinib, paypoq va trikotaj ishlab chiqarish faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.
Umumiy qiymati 33 milliard so‘m bo‘lgan mazkur korxona tomonidan hozirgi kunda 110 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari Italiya davlatidan keltirilgan bo‘lib, korxona faoliyatining rivojlanish dasturi amalga oshirilsa, mahsulotlarni Yevropa davlatlarigacha eksport qilish imkoniyati tug‘iladi. Afsuski, ayni paytda korxona faoliyatini rivojlantirish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmaganligi sababli tadbirkor viloyat hokimidan aylanma mablag‘ bilan taʼminlashda amaliy yordam so‘radi.
O‘z navbatida viloyat rahbari Sariosiyo tumanida bo‘lib, ushbu korxona faoliyati bilan tanishar ekan, mazkur masala yuzasidan shu yerning o‘zida tijorat bankini tadbirkorga biriktirib, muammosini hal etish topshirig‘ini berdi. Muammo yechim topgach, korxona yiliga 6 million juft sifatli paypoq ishlab chiqaradi va bozorni arzon hamda sifatli paypoq bilan ta’minlaydi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun