Daraxtlar ozod etilmoqda…

Date:

Inson yaratuvchi, dunyodagi jamiiyki ne’matlar u uchun. Eng oliy mavjudotning qilimishlari, u e’tibor bermaydigan jihatlar esa uni o‘rab turgan tabiatning, atrof-muhitning fojiasi bo‘lishiga esa u e’tibor bermaydi. Ekologiyani zararlasa ham, ozon qavatiga putur yetkazsa ham ana shunday davom etadi. Aslida tabiatni asrash ham, kelgusi avlodlarga boridek qoldirish ham insoniyatning muqaddas burchi emasmi?
Mashinamizdan chiqayotgan zaharli gaz, chiqindilarni yo‘q qilish uchun gugurt chaqib, zumda yoqib yuborgandagi tutun, biz tashlaydigan chiqindilar, zavodlarning zarari, ehhe, sanasangiz sanog’iga-da yetib bo‘lmas sabablar…
Bularning bari kamlik qilgandek, ana shunday zaharli gaz va tutunlarni yutib, bizga toza havo, kislorod berayotgan daraxtlarning bag’riga mix urib teshamiz-da, qandaydir e’lon va afishalarni ilib qo‘yamiz. Bu bilan mushkulimiz oson, muammoyimiz hal bo‘lsa bo‘lgani. Ammo, hech ham xayolimizga keltirmaymizki, tabiatga, tiriklikka zarar qilyapmiz.
Ko‘chalarni, jamoat joylarini kezib yurar ekanmiz, bunday manzaraga ko‘p bor duch kelish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda, OAV orqali qanchalik bong urmaylik, daraxtlarga zarar keltirishda davom etishimiz ayanchli. Uzun tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari daraxtlarga urilgan mixlarni, har xil e’lon va afishalarni olib tashlashdi. Umid qilamizki, ushbu holatni ko‘rib, kuzatib o‘tguvchilar uchun bu yaxshigina saboq bo‘ladi va e’lon joylashning boshqa yo‘llarini qidirishadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun