Bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Date:

To‘rt muchasi sog‘ odamning biror joyi og‘rib qolsa, tezda shifokor qabuliga shoshadi. Yurish imkoniyatida mosuvo yoki o‘zgalar yordamiga muhtojlar uchun esa eng yaqin manzilga borish ham haqiqiy muammo. Kasallik va og‘riqlar esa imkoningizga qarab o‘tirmay tanangizni azoblaydi. O‘zLiDeP faollari esa ana shunday imkoniyati cheklangan, nogironligi bor shaxslar uchun yengillik yaratish maqsadida ezgu tashabbusni boshladilar. Partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi vakillari hamda Termiz shahar Kengashi deputati Baxtiyor Abrayev Termiz shahridagi “Guliston” mahallasi fuqarolari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etishdi.
Deputat Baxtiyor Abrayev boshchiligida shu mahallaning “Fidokor” ko‘chasi 18-uy 1-xonadonida istiqomat qiluvchi nogiron opa-singillar Karomat va Gavhar Rahimovalarning holidan xabar olindi. Ular shu joyning o‘zida shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib bepul dori vositalari berildi.
“Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda “Guliston” mahallasidagi “Temir daftar”da ro‘yxatda turadigan 100 nafar fuqaro va “Ayollar daftari”dagi 171 nafar xotin-qizning barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Asosan okulist, nevrolog, terapevt, stomatolog, ginekolog va lor shifokorlari o‘zlarining ko‘chma UZI va EKG apparatlari bilan aholiga beminnat xizmat ko‘rsatishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun