HASHAR – ELGA YARASHAR

Date:

Tozalik, obodlik bo‘lgan joyda fayz-u baraka bo‘ladi. Supurilmagan hovlida, yuvuqsiz idishlar qolgan oshxonada har qanday uy bekasining tinch qochadi. Hamma joyni saranjom-sarishta tutishga odatlangan xalqimiz yozning issig‘i-yu qishning sovug‘ida ham jim o‘tirishni o‘ziga ep bilmaydi. Ha, tozalik, sarishtalik xalqimizning qon-qoniga, joniga singib ketgandek. Mana shunday sovuq ob-havo sharoitida ham Termiz shahrida ikki kunlik hashar e’lon qilingan emasmi, shahrimizdagi mahallalar ahli erta tongdan ko‘cha va xiyobonlarni, aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi. Muzlamalardan, xazon barglari-yu, chiqindilardan tozalangan chor atrof go‘zal ko‘rinish kasb etdi.
Hashar — uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Inson qadri uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan ushbu hasharda viloyatimiz tumanlaridan yordamga kelgan vohadoshlarimiz ham chekkada tomoshabin bo‘lib turishmadi. Bellarini mahkam bog‘lab yordamga shoshishdi.
Hasharchilar hududlarni tozalash va obodonlashtirish bilan birga, yer maydonlarini mavsumiy gul va daraxt ko‘chatlari ekishga tayyorlashdi. Zarur texnikalar jalb etildi. Tadbir davomida hasharchilarga doshqozonlarda osh damlanib, to‘kin dasturxon yozildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun