Surxondaryoda 2022-yil davomida qancha ko‘chmas mulklar davlat ro‘yxatidan o‘tgani maʼlum bo‘ldi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabardagi “Ko‘chmas mulk obʼektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori asosida 2022-yil davomida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 60 ming 115 ta buyurtma (arizalar) kelib tushgan. Shundan, 910 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 15 ming
616 tasi rad etilgan, 259 tasi jarayonda, 3 ming 6 tasi to‘lov jarayonida, 40 ming 324 tasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan buyurtmalar tahlil qilinganda 7 ming 394 tasi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino-inshootlar, 7 ming 363 tasi ko‘p qavatli uylarda joylashgan kvartiralar, 27 ming 091 tasi yakka tartibdagi uy-joylar, 15 ming 848 tasi jismoniy shaxslarga shuningdek, tabdirkorlik va shaharsolik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalari tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 03 avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2571-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli Farmoni hamda 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini hisobga qo‘yish va unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr-integratsiyalashtirilgan UzCAD axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr- integratsiyalashtirilgan axborot tizimiga 50 717 ta foydalanuvchiga tegishli 1 120 585 gektar (84 %) yer maydoni tizimga kiritildi.
Shundan, 47 687 ta foydalanuvchiga tegishli 1 028 636 gektar (94%) yer maydoni huquqiy hujjatlar asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi,
2 865 ta foydalanuvchiga tegishli 87 194 gektar (5.9%) yer maydoni egalari foydalanuvchi sifatida hisobga olindi, 165 ta foydalanuvchiga tegishli 4 755 gektar yer maydoni topografik maʼlumotlari shakllantirilib dasturga kiritildi.
2022-yil o‘tgan davr mobaynida Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr-integratsiyalashtirilgan UzCAD axborot tizimi orqali yangidan yoki qayta ro‘yxatga yoxud hisobga olindi.

S.Shaymardanov,
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun