Savob va xayr ulashing

Date:

Savob ishni har kim har kuni qilmog‘i lozim. Ayniqsa, xayrlar mana shunday anomal sovuq kunlarida amalga oshirilsa, ikki karra ezgulik ulashgan bo‘lamiz. To‘g‘ri-da, mana shunday sharoitda qaysidir oilaning ro‘zg‘orida kemtigi bordir. Nimagadir muhtojdir. Bizning kimlar uchundir arzimas tuyilgan yordamimiz, ularning mushkulini oson qilar. Denov tumani “Qoʻzichog‘li” mahallasi yoshlar yetakchisi Abdushukur Yuldashev tashabbus ko‘rsatdi.
Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda mahalladagi kam taʼminlangan hamda imkoniyati cheklangan oila farzandlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.
Bu bilan kimnidir maqtab, olqishlardan yiroqmiz. Shunchaki, mana shunday savobli ishlar har birimizga ibrat bo‘lsin va o‘zimizdan ortib, o‘zgalarga ham yordam qo‘lini cho‘zishni odat qilaylik. Bugungidek ob-havo sharoiti esa fursat kelganini ko‘rsatayotgandek…

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun