USTOZLARNING 71 NAFAR INGLIZ, 68 NAFARI ESA RUS TILIDAN SERTIFIKAT OLISHGAN

Date:

Ta’lim sifatli bo‘lishi uchun o‘qituvchi-pedagoglar bilim-salohiyatli, mahoratli bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa, bunday mahorat, chet tillari fani o‘qituvchilari faoliyatida juda muhim. Sababi til o‘rganish murakkab jarayon. Avvalo o‘quvchini qiziqtira olishi, saboqlariga e’tiborini jalb eta oladigan metodlardan foydalanmog‘I yaxshi natija beradi. O‘qituvchi ishini, dars jarayonlarini nazorat etib borilishi esa pedagogni yanada sergaklantirib, ishiga bo‘lgan mas’uliyatni bir necha barobar oshirishi ham bor gap.

Xo‘sh, qanday qilib, o‘quvchini fanga qiziqtirish, yuqori natijalarga erishish mumkin? Ana shunday savollarga faoliyat davomida javob izlash muhim. Sho‘rchi tumanida tashkil etilgan matbuot anjumanida ta’lim tizimidagi muhim masalalar muhokama etildi.
Matbuot anjumani davomida tumandagi umumtaʼlim maktablaridagi shart-sharoitlar, o‘quvchi-yoshlarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi, o‘qituvchi-pedagoglarning taʼlim sifati va samaradorligini oshirish borasidagi yutuqlari va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so‘z yuritildi.
E’tirof etish kerakki, umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan ustozlarning 71 nafari ingliz, 68 nafari esa rus tilidan sertifikatlar olishgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...

Surxondaryoda 2 mingdan ortiq vakansiya mavjud

Surxondaryoda ish izlayotgan fuqarolar uchun qurilish sohasi va yirik...

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...
KunTun
KunTun